Buxoro davlat universitetida Buxoro viloyati statistika boshqarmasi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Buxoro viloyati Statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig’i Fattoyev Husenjon so‘zga chiqib, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma’lumot berishdi.

Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxasislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.


