O’zbekiston aholisi jadal o‘smoqda

O’zbekiston aholi soni bo‘yicha sobiq ittifoq davlatlari orasida Rossiyadan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda BNE Intellinews nashri ma’lum qilgan.

photo_5204392716912414079_x-1

Joriy yilning iyun oyi holatiga ko‘ra, O’zbekiston aholisi 36 million kishidan oshgan. Maqolada O’zbekiston postsovet hududidagi eng yosh va jadal o‘sib borayotgan davlat ekanligi alohida ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, aholining o‘rtacha yoshi 2022 yil yanvar holatiga ko‘ra 29,1 yoshni, bir ayolga o‘rtacha tug‘ilishlar soni esa 2,33 nafarni tashkil etib, 2021 yildan 2022 yilgacha aholi sonining 1,6 foizga o‘sishiga olib kelgan.