Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish – davr talabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, uni o‘tkazishning zarurati va uning natijalari respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda muhimligi batafsil tushuntirildi.

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.


