Joriy yilning 2 iyun kuni Namangan davlat universitetida Namangan viloyati statistika boshqarmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida Namangan viloyati statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi boshlig‘i N. Najmiddinov aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, ishtirokchilar targʻibot ishlarini olib borishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

