Mahallalarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Raqamlanmagan xonadonlar mavjud bo‘lgan mahallalarda mutasaddi tashkilotlar tomonidan ularni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini hududiy statistika organlari tomonidan reja-jadval asosida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.

O‘rganilgan hududlar kesimida tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib 1-chorak natijalari bo‘yicha mahalliy hokimliklarga axborot kiritildi.