Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilariga aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va unda aholining faol ishtirokini ta‘minlash masalasi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.



Tadbirda viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi G‘.Sanginov yurtimizda aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.



