Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 14-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

1-7j1a7731

Tadbirda Statistika agentligi Markaziy apparati xodimlari, Toshkent shahar statistika boshqarmasi vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

2-7j1a7657

Davra suhbatida Agentlikning Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Jomolov Muzaffar Mirzoxitovich investitsiyalar va qurilish statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha so‘z yuritdi.

3-7j1a7685

4-7j1a7709

Shuningdek, tadbirda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

5-7j1a7838

6-7j1a7

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

6-7j1a7693prne

8-7j1a7854

9-7j1a7857

7-7j1a78

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.

 Matbuot xizmati