Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʼra, 2023 yilning 1 aprelь holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.
Respublikamizning doimiy aholisi soni oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi 2023 yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga koʼpaygan.
Oʼzbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida oʼrtacha 57,6 ming kishiga oshgan.
2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʼrtacha 1,9 ming kishiga koʼpaymoqda.


