Aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan 2023-yilning 28-mart kuni Navoiy konchilik va texnologiyalar universitetida Iqtisodiyot va menejment kafedra mudiri dotsenti, H.N.Boqayev ishtirokida “Aholini ro‘yxatga olish” mavzusida seminar o’tkazildi.

aholi_30_03_2023_1

aholi_30_03_2023_2

Tadbirda Navoiy viloyati Statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig’i Yuldashova Madina so‘zga chiqib, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma’lumot berishdi.

aholi_30_03_2023_3

aholi_30_03_2023_4

Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.

aholi_30_03_2023_5

Tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxasislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.