Joriy yilning 15-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Z.Ziyaeyev raisligida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha hududiy statistika boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bo‘yicha videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish tashkil etildi.


O‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati, mahallalarda raqamlanmagan xonadonlarni raqamlashtirish va nomsiz ko‘chalarga nom berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.


Yig‘ilish so‘ngida, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirmayotgan hududlarga ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.

