Belarus Respublikasida aholisini ro‘yxatga olish

Aholini ro‘yxatga olishning 2020-yil raundi doirasida Belarus Respublikasida 2019-yil 4-30-oktabr kunlari aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilgan. Belarus Respublikasi MDH mamlakatlari orasida birinchi boʻlib aholini roʻyxatga olishni qogʻozsiz usulda oʻtkazdi. Jami ro‘yxatga olinganlarning 76 foizi aholini ro‘yxatga olish xodimlari tomonidan planshet qurilmalari yordamida so‘rov o‘tkazish usulida, 22 foizi respondentlar tomonidan ro‘yxatga olish savolnomalari Internet tarmog‘i orqali mustaqil ravishda to‘ldirilgan. Aholining 2 foizi bo‘yicha ma’lumotlar ma’muriy ma’lumotlar asosida olingan (bular, aholini ro‘yxatga olish jarayonida uyda bo‘lmagan shaxslar va aholini ro‘yxatga olishda qatnashishdan bosh tortgan shaxslar).

Axborot to‘plashning turli usullaridan foydalangan holda birlashtirilgan ro‘yxatga olish har bir respondent uchun so‘rovdan o‘tishning eng qulay usulini tanlash imkoniyatini yaratdi, bu esa o‘z navbatida aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishning yuqori faolligini ta’minlashga yordam berdi.

2 ta zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha so‘rovga jalb etilgan xodimlar sonini 3,7 barobardan ortiq qisqartirish, respondentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritishni avtomatlashtirish orqali so‘rov vaqtini qisqartirish va nazorat tizimidan foydalanish orqali aholini ro‘yxatga olish savolnomalarini yuqori sifatda to‘ldirilishini ta’minlash imkonini berdi.

Aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, 2019-yil oktabr holatiga Belarus aholisi 9 413 446 kishini tashkil etgan. O‘n yil davomida aholi soni 90 361 kishiga kamaygan. Shahar aholisi 7 299 989 kishi, shu jumladan 3 346 946 erkak va 3 963 043 nafar ayolni tashkil etgan. Qishloqda 2 113 457 kishi, shu jumladan 1 004 527 erkak va 1 108 930 ayol istiqomat qilgan.