Joriy yilning 17- fevral kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Yusupov hamda Andijon mashinasozlik instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Aliyev, Sanoat statistika bo‘limi boshlig‘i Z.Vahobov, Statistik registrlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i Z.Siddiqov, Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo'limi boshlig‘i B.G‘ulomjonov va Axborot xizmati bo‘limi bosh mutaxassisi D.Mannopovlar Andijon mashinasozlik instituti majlislar zalida professor o‘qituvchilar, talabalar bilan birgalikda Andijon viloyatida Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatini Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Yusupov ochib beridi. So‘ngra Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo'limi boshlig‘i B.G‘ulomjonov so‘zga chiqib Aholini ro‘xatga olishning mazmun mohiyatini va unga tayyorgalik jarayonlari haqida ma’lumotlar berdi.
Tadbir so‘ngida talabalar bilan suhbat asosan savol va javob shaklida bo‘lib unda professor o‘qituvchilar va talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

