Tuman kadastr boʻlimlarida oʻrganilgan mahalla xaritalarni qayta ishlash jarayonlari boshlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020- yil 11- noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlari amalga oshirildi.

1_perep0310

2_perep0310

Shu munosabat bilan shu yilning 4–31-avgust kunlari respublikamizning barcha tuman va shaharlarida 7 ming nafarga yaqin registrator xodimlar tomonidan turar joylar va aholi yashashi mumkin boʻlgan noturar joylar roʻyxatini shakllantirish hamda mahalla xaritalarini joyidagi haqiqiy holatga mosligini oʻrganish ishlari olib borildi.

3_perep0310

4_perep0310

Mazkur tadbir natijasida registratorlar tomonidan oʻrganilgan mahalla xaritalari hududiy tuman roʻyxatga olish boʻlimlari tomonidan tuman kadastr boʻlimlariga qayta ishlash uchun topshirildi va ish jarayonlari boshlandi.

5_perep0310

6_perep0310