Jeneva shahrida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 19-23- sentabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida “BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining aholini ro‘yxatga olish haftaligi – 2022” aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

1photo_5278767999857311732_y

2photo_5285042839702585193_y

Mazkur tadbirda Davlat statistika qoʻmitasidan Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Berdiqulov Qobil G’ulomovich va Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Alimov Usmon Ibroximovich ishtirok etdi.

Tadbirning maqsadi – ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida tajriba almashish, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida Yevropa statistiklari konferensiyasi tavsiyanomasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

3photo_5278767999857311736_y

4photo_5303035832095063655_y

Tadbirda qoʻmitaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Q.Berdiqulov O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida taqdimot qilib, tadbir ishtirokchilariga aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida axborot berdi.

5photo_5285432882862603786_y

6photo_5278767999857311596_y

Shuningdek, tadbirda ishtirokchi davlatlar o‘rtasida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida tajriba almashilib, mavjud muammolar va ularni yechimi yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazish samadorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Matbuot xizmati