Hududlarda Roʻyxatga olish boʻlimlari xodimlari uchun oʻquv seminarlari tashkil etilmoqda

Joriy yilning 1-iyulidan eʼtiboran respublikamizning barcha hududlari (shahar va tumanlari)da aholini roʻyxatga olish boʻlimlari tashkil etildi.  2023-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun  oʻz hududlari miqyosida  bevosita masʼul  etib belgilangan mazkur boʻlimlarning boshliqlari va oʻrinbosarlari uchun hududiy statistika boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlikni tashkil etishga bagʻishlangan oʻquv seminarlari onlayn va offlayn formatlarda oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlikning eng asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu vazifaning toʻliq va sifatli bajarilishi, oʻz navbatida, roʻyxatga olish ishlarining samarali boʻlishiga zamin yaratadi.

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O’zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Eslatib o‘tamiz, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha asosiy tadbir 2023-yil noyabr oyida o’tkaziladi.

O’quv seminarlaridan fotolavhalar:

Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

qoraqolpoq_020822_1

qoraqolpoq_020822_2

Andijon viloyati statistika boshqarmasi

andi_030822_1

andi_030822_2

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi

buxoro_030822_1

buxoro_030822_2

Jizzax viloyati statistika boshqarmasi

jizzax_020822_1

jizzax_020822_2

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi

qashqadaryu_020822_1

qashqadaryu_020822_2

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi

navoiy_020822_1

navoiy_020822_2

Namangan viloyati statistika boshqarmasi

namangan_020822_1

namangan_020822_2

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi

samarqand_020822_1

samarqand_020822_2

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi

surxanderye_020822_1

surxanderye_020822_2

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi

sirdarye_020822_1

sirdarye_020822_2

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi

toshviloy_020822_1

toshviloy_020822_2

Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi

fargona_020822_1

fargona_020822_2

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi

xorazm_020822_1

xorazm_020822_2

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

toshshaxar_020822_1

toshshaxar_020822_2