Hududlarda Roʻyxatga olish boʻlimlari xodimlari uchun oʻquv seminarlari tashkil etilmoqda

Joriy yilning 1-iyulidan eʼtiboran respublikamizning barcha hududlari (shahar va tumanlari)da aholini roʻyxatga olish boʻlimlari tashkil etildi.  2023-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun  oʻz hududlari miqyosida  bevosita masʼul  etib belgilangan mazkur boʻlimlarning boshliqlari va oʻrinbosarlari uchun hududiy statistika boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlikni tashkil etishga bagʻishlangan oʻquv seminarlari onlayn va offlayn formatlarda oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlikning eng asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu vazifaning toʻliq va sifatli bajarilishi, oʻz navbatida, roʻyxatga olish ishlarining samarali boʻlishiga zamin yaratadi.

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O’zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Eslatib o‘tamiz, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha asosiy tadbir 2023-yil noyabr oyida o’tkaziladi.

O’quv seminarlaridan fotolavhalar:

Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

qoraqolpoq_02_08_22_1

qoraqolpoq_02_08_22_2

Andijon viloyati statistika boshqarmasi

andijon_02_08_22_1

andijon_02_08_22_2

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi

buxoro_02_08_22_1

buxoro_02_08_22_2

Jizzax viloyati statistika boshqarmasi

jizzax_02_08_22_1

jizzax_02_08_22_2

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi

qoshqadaryo_02_08_22_1

qoshqadaryo_02_08_22_2

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi

navoiy_02_08_22_1

navoiy_02_08_22_2

Namangan viloyati statistika boshqarmasi

namangan_02_08_22_1

namangan_02_08_22_2

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi

samarqand_02_08_22_1

samarqand_02_08_22_2

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi

surxandaryo_02_08_22_1

surxandaryo_02_08_22_2

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi

sirdaryo_02_08_22_1

sirdaryo_02_08_22_2

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi

toshviloy_02_08_22_1

toshviloy_02_08_22_2

Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi

fargona_02_08_22_1

fargona_02_08_22_2

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi

xorazm_02_08_22_1

xorazm_02_08_22_2

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

toshkent_02_08_22_1

toshkent_02_08_22_2