Hududlarda Roʻyxatga olish boʻlimlari xodimlari uchun oʻquv seminarlari tashkil etilmoqda

Joriy yilning 1-iyulidan eʼtiboran respublikamizning barcha hududlari (shahar va tumanlari)da aholini roʻyxatga olish boʻlimlari tashkil etildi.  2023-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun  oʻz hududlari miqyosida  bevosita masʼul  etib belgilangan mazkur boʻlimlarning boshliqlari va oʻrinbosarlari uchun hududiy statistika boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlikni tashkil etishga bagʻishlangan oʻquv seminarlari onlayn va offlayn formatlarda oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlikning eng asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu vazifaning toʻliq va sifatli bajarilishi, oʻz navbatida, roʻyxatga olish ishlarining samarali boʻlishiga zamin yaratadi.

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O’zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Eslatib o‘tamiz, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha asosiy tadbir 2023-yil noyabr oyida o’tkaziladi.

O’quv seminarlaridan fotolavhalar:

Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

11qoraqalpo2907_2

11qoraqalpo2907_1

Andijon viloyati statistika boshqarmasi

22_andijon2907_1

22_andijon2907_2

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi

33_buxoro2907_2

33_buxoro2907_1

Jizzax viloyati statistika boshqarmasi

44_jizzax2907_1

44_jizzax2907_2

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi

55_qashqadaryo2907_1

55_qashqadaryo2907_2

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi

66_navoiy2907_2

66_navoiy2907_1

Namangan viloyati statistika boshqarmasi

77_namangan2907_1

77_namangan2907_2

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi

88_samarqand2907_3

88_samarqand2907_1

88_samarqand2907_2

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi

1010_surxondaryo2907_1

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi

1111_sirdaryo2907_1

1111_sirdaryo2907_2

Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi

1313_fargona2907_1

1313_fargona2907_3

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi

1414_xorazm2907_3

1414_xorazm2907_1

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

12_toshshahar2907_1

12_toshshahar2907_2