Hududlarda Roʻyxatga olish boʻlimlari xodimlari uchun oʻquv seminarlari tashkil etilmoqda

Joriy yilning 1-iyulidan eʼtiboran respublikamizning barcha hududlari (shahar va tumanlari)da aholini roʻyxatga olish boʻlimlari tashkil etildi.  2023-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun  oʻz hududlari miqyosida  bevosita masʼul  etib belgilangan mazkur boʻlimlarning boshliqlari va oʻrinbosarlari uchun hududiy statistika boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlikni tashkil etishga bagʻishlangan oʻquv seminarlari onlayn va offlayn formatlarda oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlikning eng asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu vazifaning toʻliq va sifatli bajarilishi, oʻz navbatida, roʻyxatga olish ishlarining samarali boʻlishiga zamin yaratadi.

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O’zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Eslatib o‘tamiz, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha asosiy tadbir 2023-yil noyabr oyida o’tkaziladi.

O’quv seminarlaridan fotolavhalar:

Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1_-qoraqalpoq2807_1

1_-qoraqalpoq2807_2

Andijon viloyati statistika boshqarmasi

2_-andijon2807_1

2_-andijon2807_2

Buxoro viloyati statistika boshqarmasi

3_-buxoro2807_1

3_buxoro2807_2

Jizzax viloyati statistika boshqarmasi

4_-jizzax2807_1

4_-jizzax2807_2

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi

5_-qashqadaryo2807_1

5_-qashqadaryo2807_2

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi

6_-navoiy2807_1

6_-navoiy2807_22

Namangan viloyati statistika boshqarmasi

7-_namangan2807_1

7_-namangan2807_2

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi

8_samarqand2807_11

8_samarqand2807_266

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi

9_surxondaryo2807_1

9_surxondaryo2807_2

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi

10_sirdaryo2807_1

10_sirdaryo2807_2

10_sirdaryo2807_3

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi

11_toshvil12807_1

11_toshvil12807_2

Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi

12_fargona2807_1

12_fargona2807_2

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi

13_xorazm2807_1

13_xorazm2807_2

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

14_toshshahar2807_1

14_toshshahar2807_2