Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi

 2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.

Mazkur 4 ta hududning onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan aholisi 11–25- noyabr kunlari ro‘yxatga oluvchilar tomonidan uyma-uy yurib, qog‘oz va planshetlarda so‘rovnomalar to‘ldirish orqali ro‘yxatga olinadi.

Mazkur tadbirlarni samarali oʻtkazish maqsadida, aholini sinov tariqasida roʻyxatga oluvchi va boshqa xodimlar  oʻqitilib, roʻyxatga olish jarayoniga start berishdan oldin maxsus sharf, guvohnoma, qoʻlqop, soyabon va maxsus sumka bilan taʼminlandi.

Ushbu jarayonda qatnashish va nazorat qilish uchun  Davlat statistikasi qoʻmitasi, hududiy statistika organlari mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlari  xududlarga yetib borishdi.

Bugun – 11- noyabrdan roʻyxatga olish jarayonlariga start berildi.

Matbuot xizmati