Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida savol-javoblar

Aholini ro‘yxatga olish qachon o‘tkaziladi?

JAVOB

Ro‘yxatga olish 2023 yil 1 — 25 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi necha kun?

JAVOB

Ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi — 25 kun.

Ro‘yxatga olish varag‘i shakllari kim to‘ldiradi?

JAVOB

Ro‘yxatga olish varag‘i shakllari ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldiriladi.

Statsionar uchastka nima uchun kerak?

JAVOB

Yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar uchun ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish statsionar uchastkalarda amalga oshiriladi.

Respondent ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob berishdan bosh tortsa, ular to‘g‘risidagi ma’lumot qanday to‘ldiriladi?

JAVOB

Respondent ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda, ro‘yxatga olish varag‘i fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.

Gapirishi va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini qaysi tartibda olamiz?

JAVOB

Gapirishi va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish tegishli hudud bo‘yicha nogironlik jamiyatlarining xodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan shaxslar ko‘magida amalga oshiriladi.

Qanday holatda vaqtincha yashab kelayotgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar aholi soni va uning tarkibini hisoblashda hisobga olinadi?

JAVOB

Bir yildan ko‘p muddatda respublika hududida vaqtincha yashab kelayotgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisobga olinadi.

Aholini ro‘yxatga olish dasturiga nimalar kiradi?

JAVOB

Aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllariga kiritilgan savollardan tashkil topadi.

Har bir ro‘yxatga oluvchiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan yuklama qancha?

JAVOB

qishloq joylarda o‘rtacha 350 kishi va shaharlarda o‘rtacha 450 kishi

Har bir instruktorga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan yuklama qancha?

JAVOB

qishloq joylarda o‘rtacha 1 750 kishi va shaharlarda o‘rtacha 2 250 kishi

Har bir ro‘yxatga olish uchastkasiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan yuklama qancha?

JAVOB

qishloq joylarda o‘rtacha 8 750 kishi va shaharlarda o‘rtacha 11 250 kishi

Aholini ro‘yxatga olish ishtirokchilarini kim kartografik materiallar bilan ta’minlaydi.

JAVOB

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi aholini ro‘yxatga olish ishtirokchilarini 2023 yilda asosiy aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur kartografik materiallar bilan ta’minlaydi.

Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar (Registratorlar) o‘z faoliyatini qancha davom ettiradi va uni kim nazorat qiladi?

JAVOB

Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar o‘z faoliyatini 1 oy davom ettiradi va uni tuman ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i nazorat qiladi.

Registrator 1 oy davomida o‘rtacha nechta xonadonni o‘rganadi?

JAVOB

Registrator 1 oy davomida o‘rtacha 750 ta xonadonni o‘rganadi

2023 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda respondentlar so‘rovi qaysi muddatlarda tashkil etiladi?

JAVOB

1 — 5 noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish (5 kun); 6 — 10 noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantirish (5 kun); 11 — 22 noyabr kunlari — aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro‘yxatga olish (12 kun, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga asosan); 23 — 25 noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish (3 kun).

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda ro‘yxatga oluvchi xodimlar respondentlarga qanday ma’lumotlarni berishi kerak?

JAVOB

Ro‘yxatga oluvchilar ish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning sabablari bo‘yicha kimga xabar berishi kerak? So‘rov o‘tkazishdan oldin o‘zini tanishtirishi, respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi, tashrif maqsadini tushuntirishi, shuningdek, ro‘yxatga olishda ishtirok etishning muhimligi, respondentlarning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiyligi ta’minlanishi va so‘rov taxminan qancha vaqt davom etishi to‘g‘risida ma’lumot berishi lozim.

Ro‘yxatga oluvchilar ish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning sabablari bo‘yicha kimga xabar berishi kerak?

JAVOB

Instruktorga

Kun rejasini tuzishda ro‘yxatga oluvchilar nimalarni e’tiborga olishlari lozim?

JAVOB

- kam vaqt sarf etib, qisqa masofani bosib maksimal miqdorda binolarni aylanib, ro‘yxatga olishni o‘tkazishni; - jinoyatchilik ko‘p uchraydigan hududlar va tarbiyasi og‘ir oilalar bo‘lgan xonadonlarga Milliy gvardiya yoki ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda tashrif buyurgan holda zarur xavfsizlik choralarini ko‘rishni hisobga oladi.

Respondentlar bilan so‘rov qaysi tilda o‘tkaziladi?

JAVOB

So‘rov davlat tilida o‘tkaziladi. Davlat tilini bilmaydigan respondentlar ona tilida yoki erkin ravishda tanlangan muloqot tilida so‘rovdan o‘tkazilishi mumkin. Bunda ro‘yxatga oluvchi xodimlar ushbu hududda yashovchi yoki shu hududning aholisi bilan erkin muloqot qila oladigan shaxslar orasidan tanlanadi.

Aholining ayrim toifalari yashaydigan muassasalar (tashkilotlar) qaysilar?

JAVOB

Bolalar internatlari, tarbiya muassasalari, ijtimoiy muassasalari, diniy muassasalari, shifoxonalar va boshqa sog‘liqni saqlash tashkilotlari, zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari, qamoqda saqlash joylari, tergov hibsxonasi, axloq tuzatish muassasalari va maxsus muassasalar.

Aholi hisobining to‘liqligi va ishonchliligi qanday ta’minlanadi?

JAVOB

Aholi hisobining to‘liqligi va ishonchliligi ta’minlash maqsadida 2023 yil 23 — 25 noyabr kunlari uch kun muddatda tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi o‘tkaziladi. Nazorat kuzatuvi barcha hisob uchastkalari bo‘yicha tanlov asosida 10 foizdan kam bo‘lmagan qamrov bilan o‘tkaziladi.

Aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari respondentning roziligisiz oshkor etilmasligi va tarqatilmasligi qaysi hujjatda qayd etilgan?

JAVOB

«Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasida.

Ro‘yxatga olish varag‘i shakllari bilan to‘ldirilgan sumkalar qanday tartibda topshiriladi?

JAVOB

Ro‘yxatga oluvchi — ro‘yxatga olish ishlari yakunlangandan so‘ng bir kun muddatda instruktorga; instruktor — ro‘yxatga oluvchilardan qabul qilib olingandan so‘ng uch kun muddatda ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘iga; ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i — instruktorlardan qabul qilib olingandan so‘ng besh kun muddatda tuman (shahar) ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘iga; tuman (shahar) ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i — ro‘yxatga olish uchastkasi boshliqlaridan qabul qilib olingandan so‘ng besh kun muddatda hududiy statistika boshqarmalari huzuridagi birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazlariga topshiradi.

Registratorlik uchastkasi tushunchasiga ta’rif bering.

JAVOB

Har bir registratorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yuklama bo‘yicha ajratilgan axoli punktining bir qismi, bitta aholi punkti yoki aholi punktlari guruhi bo‘lishi mumkin.

Registrator kim?

JAVOB

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida, shahar va qishloq aholi punktlarida yashovchilar soni ko‘rsatilgan uy xo‘jaliklar ro‘yxatlari va tayyorlangan kartografik materiallarni joyiga chiqqan holda o‘rganib, aniqlik kiritish (aniq hududdagi uylarning haqiqatda mavjudligini tekshirish) uchun shartnoma asosida jalb etiladigan, maxsus o‘quvdan o‘tgan, muomala layoqatiga ega voyaga yetgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari.

Har bir registrator o‘rtacha nechtadan uy-joyni qamrab olishi (o‘rganishi) kerak?

JAVOB

Har bir registrator ish faoliyati davomida o‘rtacha 750 tadan uy-joyni qamrab oladi (o‘rganadi).

Registratorlar sonini shakllantirishda ko‘zda tutilmagan holatlarni hisobga olgan holda necha foizlik zaxira kadrlar shakllantiriladi?

JAVOB

Asosiy tarkibga ko‘shimcha ravishda ish haqi to‘lanmagan holda 5 foiz miqdorida zaxira kadrlar shakllantiriladi.

2023 yilda aholini ro‘yxatga olish uchun registratorlar qaysi davrda ishga jalb etiladi?

JAVOB

2022 yil 1 avgystdan 1 sentyabrgacha bo‘lgan davrda asosiy aholini ro‘yxatga olish uchun maxsus o‘qitiladi hamda uy-joylar ro‘yxatini tuzish uchun jalb etiladi.

Registrator ish faoliyati davomida qanday noqulay holatlarga tayyor turishi lozim?

JAVOB

Harakatdagi transport vositalaridan, noqulay ob-havo sharoitlaridan, jismoniy ortiqcha yukdan, asab va psixologik ortiqcha yukdan, zarar yetkazuvchi o‘simliklar yoki hayvonlardan shuningdek, boshqa insonga zarar yetkazuvchi holatlardan ehtiyot bo‘lishlari zarur.

Registratorlarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

JAVOB

Registratorlik uchastkasi bo‘yicha turar va noturar joylar ro‘yxati yangilaydi va aylanib chiqish yo‘li orqali ko‘chirilgan, yonib ketgan, buzilgan binolar hamda yangi qurilgan yoki qurilayotgan uylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida sxematik belgilar kiritiladi. Xonadonlarga mahalla faollari yoki ko‘cha boshi, yo‘lak boshi bilan birgalikda tashrif buyuradi va olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi. Har bir ko‘chada ko‘cha nomi va unda joylashgan uylar raqamlari ko‘rsatilgan belgilarning mavjudligini tekshiradi, mavjud bo‘lmagan taqdirda sxematik rejalarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha belgilar qo‘yadi hamda har bir uydagi aholi soniga aniqlik kiritadi.

Registratorlarning majburiyatlariga nimalar kiradi?

JAVOB

O’ziga biriktirilgan hudud doirasida yig‘ilgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash va oshkor qilmaslik; uy-joylar ro‘yxatini tuzish vaqtida xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda yuklatilgan ishlarni bajarish; faqat kunduzgi vaqtlarda ish faoliyatini amalga oshirish; tuman (shahar) aholini ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘iga ishni bajarish vaqtida kelib chiqayotgan muammoli holatlar bo‘yicha ma’lumot berish; baxtsiz xodisa sodir bo‘lgan taqdirda ishni darhol to‘xtatish, hodisa haqida tuman (shahar) aholini ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘iga xabar berish va boshqalar.

Registratorlar qanday huquqlarga ega bo‘ladilar?

JAVOB

Registratorlik guvohnomasi; uy-joy ro‘yxatini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma, uslubiy qo‘llanma va boshqa hujjatlarni; "Registratorlik uchastkasining uy-joylar ruyxati" shaklini; registratorlik uchastkasining sxematik rejasini; biriktirilgan hududning xonadonlar bo‘yicha aholi soni kiritilgan jadvalni; biriktirilgan hududida uy-joylarni kunlik o‘rganish bo‘yicha yo‘nalishlar grafigini; o‘ziga ajratilgan kanselyariya buyumlari va boshqa hujjatlarni olish huquqi

Registratorlar o‘zlariga biriktirilgan hudud ma’lumotlarini kimlarga taqdim etishlari mumkin?

JAVOB

Registratorlar o‘zlariga biriktirilgan hudud ma’lumotlarini faqatgina aholini ro‘yxatga olish bo‘limi yoki statistika bo‘limiga taqdim etadilar. Boshqa shaxslarga yoki tashkilotlarga ma’lumotlarni taqdim etish yoki oshkor qilish qonun bilan ta’qiqlanadi.

Registratorlar mehnatiga haq to‘lash qaysi me’yoriy hujjat asosida amalga oshiriladi?

JAVOB

Vazirlar Mahkamisining 710-sonli "O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga muvofiq.

Sxematik reja (plan) nima?

JAVOB

Massiv va mahallalar, ko‘chalar, maydonlar, yo‘llar, bulvarlar, ko‘llar va boshqa suv ob’ektlari, turar-joy va noturarjoy binolarni o‘z ichiga olgan aholi punktining bir qismini qog‘ozdagi tasviri;

Kontur sxema nima?

JAVOB

Sxematik reja (plan) va xaritalarning tarkibiy qismi hisoblanib, kontur sxemada tuman va aholi punktlarining chegarasi hamda sxematik reja va xaritalarda aks ettirilgan hudud qismi ko‘rsatiladi.

Kimlar registrator bo‘lib ishlashi mumkin?

JAVOB

18 yoshga to‘lgan va belgilangan tartibda mehnat muxofazasi bo‘yicha o‘qitilgan shaxslarga registrator bo‘lib ishlashga ruxsat etiladi.

ReRegistratorlar tomonidan aniqlangan sxematik rejadagi xato va o‘zgarishlar qanday bartaraf etiladi?

JAVOB

Registratorlar tomonidan aniqlangan sxematik rejadagi xato va o‘zgarishlar kadastr organlariga taqdim etiladi va kadastr organlari tomonidan bartaraf etiladi.

Registratorlar faoliyati qaysi tashkilot tomonidan muvofiqlashtiraladi?

JAVOB

Tuman va shahar aholini ro‘yxatga olish bo‘limi tomonidan

Aholini ro‘yxatga olish nima uchun zarur?

JAVOB

Birinchidan, aholini ro‘yxatga olish bu – davlat miqyosida amalga oshiriladigan ishdir. Buning natijasida mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati” paydo bo‘ladi.Aholini ro‘yxatga olish mustaqil respublikamizda tarixiy voqea hisoblanadi, lekin deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida muntazam amalga oshiriladigan tadbirdir. O‘zbekiston Respublikasida umumiy aholini ro‘yxatga olish tadbiri birinchi marta 2023 yilda bo‘lib o‘tadi.Ikkinchidan, aholini ro‘yxatga olish ma‘lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investitsiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta‘lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarni tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qiladi. Kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalarini baholash, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirish mumkin.Uchinchidan, aholini ro‘yxatga olish bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasi hisoblanadi. Mazkur tadbir dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazildi. Aholini ro‘yxatga olish butun dunyo aholisining umumiy, keng ko‘lamli qiyofasi yaratilishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston hududida birinchi aholini ro‘yxatga olish tadbiri qachon o‘tkazilgan?

JAVOB

O‘zbekiston hududida birinchi umumiy aholini ro‘yxatga olish 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, aholi soni 3,9 mln. kishini tashkil etgan.Ushbu ro‘yxat ma‘lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan.O‘zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan.

Birinchi marta aholini ro‘yxatga olingandan beri O‘zbekistonda aholi soni qanchaga o‘zgardi?

JAVOB

O‘zbekistonda birinchi marta aholini ro‘yxatga olingandan beri aholi soni 7,3 martaga ko‘paydi.

Aholini ro‘yxatga olish tadbiri qaysi me‘yoriy- huquqiy hujjatga asosan o‘tkaziladi?

JAVOB

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmonida alohida band sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. 2020 yil 16 mart kuni “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun,O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710 sonli “ O'zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qonun quyidagilarni nazarda tutadi, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning maqsadi, tartibi, davri va muddatlarini aniqlash; zamonaviy texnologiya va uslubiyotlar asosida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish va tashkil etish; aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda ishtirok etuvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vazifalari, funksiyalari va javobgarligini belgilash; jismoniy va yuridik shaxslarni ushbu jarayonlarga qatnashishi uchun aniq mexanizmlar va ularning mehnatiga haq to‘lash manbalarini belgilash; yakuniy natijalarni amalga oshirish uchun tashkiliy-amaliy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni keltirib o‘tish inobatga olinishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Aholini ro‘yxatga olish tadbirini kim o‘tkazadi?

JAVOB

Aholini ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yagona statistika uslubiyat asosida o‘tkaziladigan, belgilangan sanaga qadar aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsifini aniqlovchi ma‘lumotlarni yig‘ish, olingan ma‘lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish, yakuniy ma‘lumotlarni keng ommaga tarqatish va undan foydalanish jarayonidir. Bu tadbirda nafaqat statistika organlari, balki respublikaning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ham bevosita ishtirok etadilar. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kartografik materiallarning (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejasi, ma‘muriy tumanlar xaritasi) tayyorlanishini ta‘minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi aholini ro‘yxatga olish varaqalarini va boshqa hujjatlarni saqlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning yig‘ma hujjatlarini qayta ishlangandan so‘ng doimiy saqlanishini yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi quyidagilarni amalga oshiradi: aholini ro‘yxatga olishga jalb etilgan shaxslarning to‘liq xavfsizligi va ro‘yxatga olish materiallarining saqlanishini ta‘minlaydi; ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida aholini ro‘yxatga olish organlarining binolari va yuklarini qo‘riqlashni amalga oshiradi; aholini ro‘yxatga olish organlari bilan birgalikda, ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun zarur ma‘lumotlarni berishdan bosh tortgan yoki korxona va tashkilot hududiga kiritishga to‘sqinlik qilgan shaxslarga nisbatan ta‘sir choralari ko‘rishi mumkin. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari zimmalariga ham bir qator vazifalar yuklatilgan bo‘lib, ular quyidagilarni amalga oshiradilar: ro‘yxatga olish tadbiriga jalb etilgan shaxslarning o‘qishi va ishlashi uchun yaroqli bo‘lgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik binolar hamda aholini ro‘yxatga olish varaqalari va boshqa hujjatlarni vaqtinchalik saqlash uchun qo‘riqlanadigan binolar ajratadi; aholini ro‘yxatga olish uchastkalarini zarur transport va aloqa vositalari bilan ta‘minlaydi; davlat kadastri va davlat statistika organlari bilan birgalikda, doimiy yashovchi aholi sonini ko‘rsatgan holda aholi punktlarining to‘liq ro‘yxatini tuzadilar.

Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishda qaysi moliyalashtirish manbalaridan foydalaniladi?

JAVOB

Aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun ko‘zda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va boshqa mas‘ul idoralar hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolarini o‘tkazish va tender hujjatlarni rasmiylashtirish natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarni olish va e‘lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatga haq to‘lash, maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston uchun shuncha pul sarflab aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish qanchalik muhim?

JAVOB

Ishonchli axborot hukumatning turli darajadagi qisqa va uzoq muddatli dasturlarni belgilash, zarur prognozlarni samarali ishlab chiqish uchun aholini ro‘yxatga olish ma‘lumotlari kerak. Ma‘muriy birlik hududida aholi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar boshqaruv tizimini optimallashtirish, shuningdek, ijtimoiy sohani aniq va samarali foydalanishni ta‘minlaydi. Masalan, byudjet xarajatlarini kamaytirish uchun subvensiyalar hajmi ma‘lum bir hududda yashovchi aholi soni va tarkibi asosida aniqlanadi. O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish istagi zamonaviy iqtisodiyotning asosiy manbai – mamlakatning inson salohiyati haqida bilmasdan amalga oshirilmaydi albatta. Bizning vazifamiz mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali kuchliroq bo‘lishdir. Buning uchun aholining tarkibi, uning iqtisodiy faolligi, ta‘lim darajasi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishimiz kerak. Misol uchun, mamlakatda qancha odam borligi haqida bilishgina emas, balki migrantlar qayerdan va qayerga ketayotganligini bilishimiz kerak.

Shu vaqtgacha e‘lon qilib borilayotgan aholi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar qanday shakllantirilmoqda yoki qanchalik haqiqatga yaqin?

JAVOB

Joriy hisob vazirliklar birlamchi idoraviy hujjatlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, uning natijalari kelgusi o‘n yil mabaynida aholi soni, yosh-jins tarkibini baholash uchun yagona dastlabki axborot bazasi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Keyingi yil boshida aholi sonini baholash oxirgi aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida hisoblab chiqiladi, unga har yili mintaqa hududida tug‘ilganlar va kelganlar soni qo‘shiladi va ushbu hududda vafot etganlar va ko‘chib ketganlar soni ayriladi. Davlat hokimyati organlari, birinchi navbatda aholi soni va yosh tarkibi bo‘yicha asosiy byudjet ko‘rsatkichlari haqda ma‘lumotga katta ehtiyoj sezmoqda. Aholi sonini joriy baholash hozirgi vaqtda faqat ma‘muriy-hududiy bo‘linmalar bo‘yicha – shahar, shahar qishloq aholisining ma‘muriy hududi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish tadbirida qatnashishdan bosh tortganlik uchun O‘zbekistonda fuqarolarning javobgarligi mavjudmi? Boshqa davlatlardachi?

JAVOB

Dunyoning aksariyat mamlakatlarida umum milliy aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish majburiydir. Har bir fuqaroning aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishiga bo‘lgan ehtiyojining yagona argumenti insonning o‘zi haqida ma‘lumotga muhtoj bo‘lgan jamiyatning bir qismi ekanligini anglashidir. Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish “inson va fuqaroning ijtimoiy burchidir” Bir qator mamlakatlarda: AQSh, Buyuk Britaniya, Chexiya respublikalarida - qonun hujjatlariga muvofiq ma‘muriy jarimaga tortiladi. Turkiyada aholini ro‘yxatga olish kuni (bir kun) mamlakatning barcha aholisi uydan chiqib ketishi taqiqlanadi, shuning uchun ular aholini ro‘yxatga oluvchilarni kutishadi. Boliviya hukumati chegaralarni yopib, shaharlarda poyezdlar harakati va jamoat transport harakatini bekor qiladi va aholini uydan chiqmaslikka buyruq beradi. Argentina va Chilida qonun bilan aholini ro‘yxatga olish kuni barcha ko‘ngilochar joylar, do‘konlar, restoranlar va xizmat ko‘rsatish korxonalarining eshiklari yopiladi. Mamlakatimiz tarixida aholini ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etmaslik uchun faqat bir marta jazo belgilanadi. 1939 yilda, birinchi marta aholini ro‘yxatga olish amaliyotida, ro‘yxatga olishdan bosh tortish uchun jinoiy jazo choralari joriy etilgan. SSSR xalq komissiyalar kengashining boshpanasiz aholini ro‘yxatga olish va ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi maxsus norasmiy farmoni qabul qilingan. Keyinchalik qaror bekor qilingan.

Aholini hisobga olish davri nima?

JAVOB

Aholini ro‘yxatga olishni aniq bir muddatda o‘tkazish. Bu tadbirni amalga oshirishga odatda 10–12 kun talab etiladi. Aholini ro‘yxatga olish bir necha kun davomida o‘tkazilsa ham, ma‘lumotlar aniq bir vaqtda – ko‘pincha aholini ro‘yxatga olishning birinchi kunining 0 soatdagi holati bo‘yicha qayd etiladi. Bu aholini ro‘yxatga olishning nozik vaqti, deb ham ataladi. Masalan, chaqaloq aholini ro‘yxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin tug‘ilgan bo‘lsa, u aholi ro‘yxatiga kiritilmaydi. Lekin, kimdir bu aniq nozik muddatda hayot bo‘lib, shundan keyin, ya‘ni aholini ro‘yxatga olish davrida vafot etsa, u aholi ro‘yxatiga kiritiladi.

Aholini ro‘yxatga olish varaqlari – savolnomalarga fuqarolar millati to‘g‘risidagi savollar nima uchun qo‘shilgan?

JAVOB

Aholini ro‘yxatga olish aholining milliy tarkibi bo‘yicha yagona axborot manbai hisoblanadi. Hozirgi vaqtda aholini milliy tarkibi haqida ma‘lumot to‘plashning boshqa usuli yo‘q. Mamlakatimizda turli xil millat va elat, etnik guruh vakillari istiqomat qiladilar. Fuqaroldarning millati to‘g‘risida ma‘lumotlarni ro‘yxatga olishda faqat ularning so‘zlariga asoslanadi. Har bir insoni o‘z tarbiyasi va dunyoqarashiga muvofiq o‘z fuqaroligini aniqlash huquqiga ega.

Aholini ro‘yxatga olish tadbirida necha yoshdan boshlab ro‘yxatga olish mumkin?

JAVOB

Aholini ro‘yxatga olishda yoshidan qat‘iy nazar, mamlakatning barcha aholisi hisobga olinishi kerak. Oilaning yoshi katta a‘zolari voyaga yetmagan a‘zolari haqida ma‘lumot beradilar.

Uyiga begonani kiritishni xohlamaydigan kishilar ro‘yxatga olishda qanday ishtirok etishi mumkin?

JAVOB

Ba‘zi holatlar tufayli ro‘yxatdan o‘tuvchilar bilan yashash joylarida uchrashish imkoni bo‘lmasa yoki xohishi bo‘lmasa, doimiy ro‘yxatga olingan joylarida tashkil etilgan statsionar uchastkalarida ro‘yxatga olishdan o‘tishlari mumkin. Bunday joylar iloji boricha tuman markazlarida tashkil etiladi va har bir fuqaro uchun ochiqdir. Statsionar uchastkalar joylashuvi oldindan e‘lon qilinadi.

Harbiy xizmatdagi aholi qanday ro‘yxatdan o‘tadi

JAVOB

Bunday shaxslar harbiy xizmatni o‘tash joyilarida ro‘yxatga olinadilar.